Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati A. Aminova Navoiy viloyatiga tashrifi doirasida ayollar tadbirkorligi va to‘qimachilik sohasini rivojlantirish masalalari o‘rganildi
янв.21
NAVBATDAGI SAYYOR QABULI TASHKIL ETILDI
янв.21
Prezident selektori belgilagan vazifalar: Navoiy shahrida ijro va mas’uliyat
янв.21
O‘zbekiston–2030 strategiyasi: Navoiy shahri taraqqiyotining yangi bosqichi
янв.21
Deputat va fuqarolar uchrashuvi: ochiqlik va hamkorlik ruhida
янв.21
Joriy yilning 19 yanvar kuni Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyati yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
NAZORAT
янв.21
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati J. Hafizov saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
2025-yil SARHISOBI
янв.21
Navoiy shahar Bunyodkor mahallasi hamda Navoiy Teri-tanosillar kasalxonasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish – halollik va mas’uliyat asosida!” mavzusida targ‘ibot tadbirlari olib borildi.
Deputat o‘quvchilarga kitoblar sovg‘a qildi

 Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari
yozganidek, “Kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning
eng asosiy manbai”. Xalqimiz tilida kitob o‘qib bilim va munosib tarbiya olish,
kasb-hunar o‘rganishning ahamiyatiga doir maqollar juda ko‘p. Jumladan,
“Kitobsiz aql – qanotsiz qush”, “Bilim – aql chirog‘i”, “Go‘zallik – ilmu
ma’rifatda”. Bunday hikmatli naqllarni yana uzoq davom ettirish mumkin.
Ayniqsa, yoshlarning hayotida kitobning alohida o‘rni bor. Chunki yaxshi kitob
insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat
tuyg‘ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi. Shu bois, “Milliy
tiklanish” demokratik partiyasi Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi
deputati Sayyora Xodjayeva tomonidan “Biz kitobsevar xalqmiz!” aksiyasi
doirasida Termiz shahridagi 12-umumtalim maktabi o‘quvchilariga badiiy kitoblar
ulashildi.  

Slide 1 of 4