Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SOG‘LOM JAMIYAT — BARQAROR TARAQQIYOT GAROVI
янв.21
Ответственность и тщательный анализ — приоритеты в законотворчестве
янв.21
Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida dorivor o‘simliklarni yetishtirish, qayta ishlash, ularga kvota ajratish hamda sohada ilmiy tadqiqotlar olib borish yuzasidan yuborilgan parlament so‘rovi natijalari ko‘rib chiqildi.
янв.21
Voyaga yetmagan bolalarning taʼminoti uchun aliment tizimini takomillashtirish – jamiyatimiz ustuvor vazifalaridan biri
янв.21
“Muammoli oilalar bilan manzilli ishlash — ustuvor vazifa”
янв.21
Yangi O‘zbekiston – Yangi imkoniyatlar zamini
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati A. Aminova Navoiy viloyatiga tashrifi doirasida ayollar tadbirkorligi va to‘qimachilik sohasini rivojlantirish masalalari o‘rganildi
янв.21
NAVBATDAGI SAYYOR QABULI TASHKIL ETILDI
янв.21
Prezident selektori belgilagan vazifalar: Navoiy shahrida ijro va mas’uliyat
янв.21
O‘zbekiston–2030 strategiyasi: Navoiy shahri taraqqiyotining yangi bosqichi
Дeputat faoliyatidan

Tadbirkorlik sub’yektlari muammolarini o‘rganish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish hamda sohasiga oid yangi qabul qilingan me’yoriy hujjatlarning mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i N.Salimjonov Guliston shahrida joylashgan “MMX PRO” korxonasi bo‘lib, korxona vakillari bilan sayyor uchrashuv o‘tkazildi. Bugungi kunda korxonada 120 nafar ishchi o‘rni yaratilgan. Yil boshida qiymati 2 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan yangi zamonaviy asbob-uskunalar importga olib kelingan bo‘lib, ular orqali 8 turdagi og‘irlikdagi 10 kg.dan 150 kg.gacha bo‘lgan mahsulotlarni qadoqlash uchun qoplar ishlab chiqarilmoqda. Korxonada eksportni yo‘lga qo‘yish maqsadida quvvatlarni kengaytirish va zamonaviy mahsulotlarni ishlab chiqarish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, yangi olib kelingan texnologiyalar asosida ishlab chiqarilayotgan qoplar mahsulotlar solingandan keyin avtomatik qadoqlanadi. Uchrashuv davomida korxona rahbarining bojxona sohasiga oid takliflari tinglanib, yangi barpo etilayotgan korxonaga olib kelinadigan asbob-uskunalar rasmiylashtirish va eksport ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha yaqindan amaliy yordam ko‘rsatilishi yuzasidan kelishib olindi.

Slide 1 of 1