Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati A. Aminova Navoiy viloyatiga tashrifi doirasida ayollar tadbirkorligi va to‘qimachilik sohasini rivojlantirish masalalari o‘rganildi
янв.21
NAVBATDAGI SAYYOR QABULI TASHKIL ETILDI
янв.21
Prezident selektori belgilagan vazifalar: Navoiy shahrida ijro va mas’uliyat
янв.21
O‘zbekiston–2030 strategiyasi: Navoiy shahri taraqqiyotining yangi bosqichi
янв.21
Deputat va fuqarolar uchrashuvi: ochiqlik va hamkorlik ruhida
янв.21
Joriy yilning 19 yanvar kuni Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyati yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
NAZORAT
янв.21
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati J. Hafizov saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
2025-yil SARHISOBI
янв.21
Navoiy shahar Bunyodkor mahallasi hamda Navoiy Teri-tanosillar kasalxonasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish – halollik va mas’uliyat asosida!” mavzusida targ‘ibot tadbirlari olib borildi.
Hisobot va reja

 Hisobot va reja 

14.04.2025 

🔷 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Ozodaxon
Dadajonova “Dilkusho” mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi hamda mahalla aholisi
bilan uchrashuv o‘tkazdi. Yig‘ilishda Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi kotibiyat
mudiri Sh.Raximov, O‘zbekiston “Adolat” SDP Farg‘ona tuman Kengashi raisi N.Karimov,
Dilkusho MFY xodimlari va mahalla faollari, ko‘cha boshilar ishtirok etdilar. Yig‘ilish
kun tartibida:
 

1.“Dilkusho” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va MFY yettiligi
xodimlarining 2025 yil 1-chorak xisoboti;
 

2. Hisobot va Reja;  

3. Aholini
korrupsiyaga qarshi kurashishda faolligini oshirish – qonun ustuvorligi garovidir;
 

4.“Dilkusho”
mahalla fuqarolar yig‘inida, fuqarolar yig‘ini raisi saylovi o‘tkazilishi bo‘yicha
ishchi guruh a’zolari tomonidan taqdim etiladigan nomzodlarni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi
masalalar ko‘rib chiqildi.
 

🔷 Uchrashuv davomida
hisobotlar tinglanib, fuqarolarning dolzarb muammolari va takliflari o‘rganildi.
Muammolarning yechimiga oid takliflar joyida muhokama qilinib, tegishli tashkilotlarga
yetkazish rejalashtirildi. Bunday uchrashuvlar aholining murojaatlarini bevosita
eshitish, ijtimoiy masalalarni hal etishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.
 

🔷 Hisobot yig‘ilishida so‘zga chiqqan hudud deputati O.Dadajonova o‘tgan chorakda Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida ko‘rilgan masalalar xususida batafsil axborot berib, mahalla faollariga:
”Muxtaram Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, hammamiz yagona kuch bo‘lib harakat qilsak,
albatta, katta va ijobiy samaraga erishamiz. Bu esa biz istiqomat qilayotgan ko‘chamiz,
mahallamiz, tumanimiz, qolaversa, Jonajon Vatanimizni gullab-yashnashiga, kelajagimiz
bo‘lmish farzandlarimiz uchun munosib turmush sharoiti yaratilishi yo‘lidagi hamkorlik”
bo‘lishligi aytib, faollarni birlashishga chaqirdi.
  

Slide 1 of 6