Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#24_ta_tavsiya #nazorat deputatlik faoliyati

Olmaliq shahar “Saxovat” mahallasida aholi kayfiyati va ijtimoiy muhitni yaxshilash, fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida hal etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Lenura Baydullayeva tomonidan mahalla ijtimoiy xodimi faoliyati atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish davomida quyidagi muhim yo‘nalishlar e’tibor markazida bo‘ldi:
Ijtimoiy holat va tahlil: Mahallasidagi ehtiyojmand oilalar, keksalar hamda ko‘makka muhtoj fuqarolarning yashash sharoitlari va ijtimoiy ko‘rsatkichlari nazoratdan o‘tkazildi.
Murojaatlar ijrosi: Fuqarolar tomonidan bildirilgan ariza va murojaatlarning o‘z vaqtida hamda sifatli hal etilishi darajasi o‘rganildi.
Tizimli yondashuv: Ijtimoiy xodim tomonidan har bir xonadonga individual yondashilgani va amaliy yordam ko‘rsatish mexanizmi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgani ko‘rib chiqildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, “Saxovat” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati va fuqarolar bilan ishlash tizimi qoniqarli ekanligi kuzatildi hamda fuqarolar murojaati nazoratdan chetda qolmasligi va tezkorlik bilan hal etish choralari ko'rilishi ta'kidlandi.

Aholi osoyishtaligi va ijtimoiy himoyasini ta’minlash borasidagi xayrli ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 2