Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

TASHQI REKLAMA VOSITALARI O‘RGANILDI

TASHQI REKLAMA VOSITALARI O‘RGANILDI

✅Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 24-Chortut saylov okrugi deputati G. Bozorova tomonidan saylov okrugi hududidagi tashqi reklama vositalarining holati o‘rganildi.

🌐O‘rganish davomida tashqi reklama obyektlarining joylashuvi, tashqi ko‘rinishi, belgilangan talablarga muvofiqligi hamda hudud obodonligiga ta’siriga e’tibor qaratildi.

✅Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va tashqi reklama vositalarini tartibga keltirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratiladi.

🌐Deputatlik faoliyatining asosiy maqsadi — hududdagi mavjud muammolarni aniqlash, ularning yechimiga ko‘maklashish hamda aholi va tadbirkorlar uchun qulay muhit yaratilishiga hissa qo‘shishdir.

Slide 1 of 3