Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#162_ta_Qonun
#Yoshlar_maslahat_guruhi
🟢 “TIL — MILLAT BOYLIGI” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 3- “Poshxurt” saylov okrugi deputati I.Nuriddinov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Xo‘janazarov yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

💬 Uchrashuv doirasida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Til — millat boyligi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

📚 Davra suhbatida o‘zbek tilining milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va madaniyatimizni ifoda etuvchi bebaho qadriyat ekani, ona tilimizni asrab-avaylash, uning sofligini saqlash hamda kelajak avlodga yetkazish har bir fuqaroning muhim vazifasi ekanligi haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, 2019-yil 21-oktabrda qabul qilingan “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezidentining PF5850-son farmoni mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida batafsil tushunchalar berildi.

🇺🇿 Suhbat davomida yoshlarning davlat tiliga bo‘lgan hurmatini yanada oshirish, kundalik hayotda o‘zbek tilidan to‘g‘ri va samarali foydalanish, milliy qadriyatlarimizga sadoqat ruhida kamol topish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

✅ Bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar yoshlar qalbida ona tiliga muhabbat va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ona tilimiz — millatimiz faxri, ma’naviy boyligimiz va bebaho merosimizdir!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube
Slide 1 of 2