Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

POLIKLINIKANING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati S.Erjanova Urganch tumanidagi “Orzu” mahallasida joylashgan 28-sonli oilaviy poliklinikada bo‘lib, muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida poliklinikaning kuz-qish mavsumida uzluksiz faoliyat yuritishi, tibbiyot xodimlari va bemorlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgani hamda muassasaning mavsumga tayyorgarlik darajasiga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, sovuq kunlarda aholiga sifatli va uzluksiz tibbiy xizmat ko‘rsatish, muassasada qulay sharoitlarni ta’minlash hamda mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalari muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2