Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

YOSHLAR MUAMMOLARI — DIQQAT MARKAZIDA

 YOSHLAR MUAMMOLARI — DIQQAT MARKAZIDA

📌 Xalq deputatlari tuman Kengashida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi deputatlik guruhi a’zolari hamda Kengash huzurida tashkil etilgan Yoshlar guruhi a’zolari ishtirokida yoshlar muammolarini o‘rganish va ularning yechimlarini muhokama qilishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

💬 Suhbat davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar duch kelayotgan mavjud muammolarni aniqlash masalalariga e’tibor qaratildi.

🤝 Shuningdek, yoshlar murojaatlarini o‘rganish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha fikr almashildi.

✅ Asosiy maqsad — yoshlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va tashabbuslarini amalga oshirishga ko‘maklashishdan iborat.

Slide 1 of 5