Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI

AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
O’smat mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, fuqarolarning murojaat va takliflari o‘rganildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Zikiryayev Abduaziz Amanovich mahalla aholisi bilan uchrashib, ularni qiynayotgan masalalar, mavjud muammolar va takliflarni tingladi.
Murojaatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berilib, ko‘tarilgan masalalarni hal etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilishi ta’kidlandi.
Aholi murojaatlarini o‘rganish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda ularni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida hal etish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 2