Navro‘z MFY hududida Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati R. Ahmadulin hamda MFY raisi ishtirokida aholi bilan ishlash va fuqarolar muammolarini manzilli o‘rganish ishlari davom etmoqda.
O‘rganish davomida “Ayollar daftari”da ro‘yxatda bo‘lgan, Navro‘z MFY, A. Navoiy ko‘chasi, 11-A-xonadonda yashovchi fuqaro Ismoilxo‘jayeva Mohira bilan suhbat o‘tkazildi.
Suhbat davomida fuqaroning uy-joy sharoiti o‘rganilib, xonadonni ta’mirlash masalasi yuzasidan tegishli amaliy ishlar olib borildi. Jumladan, ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun quruvchilarni biriktirish hamda zarur shartnomani rasmiylashtirish bo‘yicha ishlar tashkil etildi.
Fuqarolarning muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganish, ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish va ijtimoiy himoyaga muhtoj xonadonlarni qo‘llab-quvvatlash ishlari Navro‘z MFYda izchil davom etmoqda.