Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, nogironligi bo‘lgan shaxslar va ehtiyojmand oilalarning muammolarini o‘rganish hamda ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🔎Mazkur yo‘nalishda Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Egamberdiyev Shaxzod Baxodir o‘g‘li tomonidan “Anorzor” mahallasida istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan shaxslar va ehtiyojmand oilalarning holati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
🤝O‘rganish davomida fuqarolarning ijtimoiy-maishiy sharoitlari, mavjud muammolari, ehtiyojlari hamda davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
📌Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish, muammolarni bartaraf etish va fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
🧑🧑🧒🧒Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda murojaatlariga amaliy yechim topish masalalari deputlik nazoratida davom ettiriladi.
Bizni kuzatishda davom eting!