Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Ibragimov Yuldashbek tomonidan poliklinika xodimi bilan suhbat o‘tkazildi.
📝Suhbat davomida nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarga ayrim turdagi dori vositalarini bepul berish tartibi yuzasidan fikr almashildi.
✅Shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini zarur dori-darmonlar bilan ta’minlash, ularga mavjud imtiyozlar va bepul beriladigan dori vositalari haqida to‘liq ma’lumot yetkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.
Bizni kuzatishda davom eting!