35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-SONLI MAKTABDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
HAYOT MAHALLASIDA TEMIR YO‘L INFRASTRUKTURASI VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
YANGIARIQ MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR UCHUN ZAMONAVIY SPORT MAYDONI YARATILDI
янв.21
BUNYODKOR MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
BUNYODKOR MAHALLASIDA YO‘L TA’MIRI SIFATI NAZORAT QILINDI
янв.21
🏘 BUNYODKOR MAHALLASIDAGI ICHKI KO‘CHALARNI TA’MIRLASH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
31-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDAGI HOLAT O‘RGANILDI
янв.21
BUNYODKOR MAHALLASIDA ICHKI KO‘CHALAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘 HUDUD OBODONCHILIGI VA AHOLI UCHUN QULAY SHAROITLAR E’TIBORDA
Xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev tomonidan tumanning “Besh-tut” mahallasiga biriktirilgan xotin-qizlar faoli N.Umurzakovaning aholi, xususan, xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirayotgan ishlari o‘rganildi.

🔻O‘rganish davomida xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash, ularning bandligini ta’minlash, oilaviy va ijtimoiy muammolarini aniqlash hamda mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish borasida olib borilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

🔻Shuningdek, ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni aniqlash, ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish, zarur hollarda ijtimoiy, moddiy va huquqiy yordam olishini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Bunda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan individual ishlash, ularning muammolarini o‘rganish va belgilangan chora-tadbirlarning ijrosini ta’minlash masalalari ham ko‘rib chiqildi.

🔻Deputat tomonidan xotin-qizlar faoliga aniqlangan muammolarni manzilli hal etish, har bir ehtiyojmand oila bilan individual ishlash, “Ayollar daftari”dagi fuqarolarning murojaatlarini nazoratga olish hamda amalga oshirilgan ishlar natijadorligini muntazam tahlil qilib borish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2