35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🇺🇿🤝🇧🇾 GOMEL VA NAVOIY O‘RTASIDA DEPUTATLIK HAMKORLIGINI RIVOJLANTIRISHGA QADAM
янв.21
“Xonchorbog‘” mahallasida fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
“Xonchorbog‘” mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Xonchorbog‘” mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
3-sonli maktabda boshlang‘ich sinflarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
3-sonli maktabda sanitariya sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi 📚 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida sinfxonalarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
3-sonli maktabda sport zallarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
3-sonli maktabda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
“Ishonch” mahallasida ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
Samonchuq mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi

️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 25-Samonchuq saylov okrugidan saylangan deputat B. Dilliyev hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov tomonidan Samonchuq mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
♻️O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash va manzilli hal etish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikka jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
♻️Shuningdek, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, oilaviy muhitni mustahkamlash hamda turli muammoli vaziyatlarning oldini olish borasidagi ishlar yuzasidan fikr almashildi.
♻️O‘rganish yakunida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish hamda ularning murojaat va muammolariga manzilli yondashish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
♻️Bunday o‘rganishlar mahallalarda xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2