35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🇺🇿🤝🇧🇾 GOMEL VA NAVOIY O‘RTASIDA DEPUTATLIK HAMKORLIGINI RIVOJLANTIRISHGA QADAM
янв.21
“Xonchorbog‘” mahallasida fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
“Xonchorbog‘” mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Xonchorbog‘” mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
3-sonli maktabda boshlang‘ich sinflarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
3-sonli maktabda sanitariya sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi 📚 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida sinfxonalarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
3-sonli maktabda sport zallarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
3-sonli maktabda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
“Ishonch” mahallasida ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
“Xomkon” mahallasida tibbiy xizmatlar o‘rganildi

#24_ta_tavsiya #kotibiyat_mudiri_faoliyati
#ekspert_guruhi

“Xomkon” mahallasida tibbiy xizmatlar o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 4-Zarobod saylov okrugidan saylangan deputat K.Muhammadiyev tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi raisi o‘rinbosari Y.Umbarov bilan hamkorlikda “Xomkon” mahallasidagi tibbiyot punktida o‘rganish olib bordi.

O‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini ta’minlashda tavsiya etilgan Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishidan 2-yo‘nalish — aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati bo‘yicha amalga oshirildi.

O‘rganish davomida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish, fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish hamda mavjud tibbiy xizmatlarning sifati va o‘z vaqtida ko‘rsatilishi holati ko‘rib chiqildi.

O'rganish davomida aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishda muammolar mavjud emasligi aniqlandi va tibbiy xizmat ko‘rsatish holati ijobiy baholandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2