35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Ishonch” mahallasida ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
янв.21
🌿 “Ishonch” mahallasida aholi uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
“Ishonch” mahallasida bolalar maydonchasi va besedkalar holati o‘rganildi
янв.21
Chinor” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi 25-ishonch saylov okrugida mahalla raisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Chinor” mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
25-ishonch saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Hamkorlik — inson huquqlari va qonuniy manfaatlar yo‘lida
янв.21
13-SONLI MAKTABDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
HAYOT MAHALLASIDA TEMIR YO‘L INFRASTRUKTURASI VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
YANGIARIQ MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
“Tashabbusli budjet” takliflari ko‘rib chiqildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 11-avgustdagi KQ-666-IV-son Qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi O.Babayev raisligida Tashabbusli budjet jarayonlarining 2026-yil 2-mavsumida kelib tushgan loyihalarni saralab olish bo’yicha ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda deputatlar M.Ashurov va J.Sadirov, shuningdek, tuman hokimi o‘rinbosari va tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

🔺Yig‘ilishda “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida Bo‘stonliq tumani aholisi tomonidan kelib tushgan umumiy qiymati 158,9 mlrd. so‘m bo‘lgan 125 ta takliflar ko‘rib chiqildi. Har bir loyihalarni batafsil ko‘rib chiqish davomida amalga oshirilishi turli dasturlar va manzilli ro‘yxatlarda nazarda tutilgan 10 ta takliflar rad etilib, taklif tashabbuskorlariga asoslantirilgan javoblar berilishi belgilandi.

🔺“Tashabbusli budjet” loyihasining ovoz berish jarayoniga tuman mahallalarining ichki yo‘llarini asfaltlashtirish, maktab va bog‘chalarni ta’mirlash, ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlarini yangilash va quyosh panelli tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish kabi 115 ta takliflar o‘tkazilishi haqida qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 2