35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-SONLI MAKTABDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
HAYOT MAHALLASIDA TEMIR YO‘L INFRASTRUKTURASI VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
YANGIARIQ MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR UCHUN ZAMONAVIY SPORT MAYDONI YARATILDI
янв.21
BUNYODKOR MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
BUNYODKOR MAHALLASIDA YO‘L TA’MIRI SIFATI NAZORAT QILINDI
янв.21
🏘 BUNYODKOR MAHALLASIDAGI ICHKI KO‘CHALARNI TA’MIRLASH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
31-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDAGI HOLAT O‘RGANILDI
янв.21
BUNYODKOR MAHALLASIDA ICHKI KO‘CHALAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘 HUDUD OBODONCHILIGI VA AHOLI UCHUN QULAY SHAROITLAR E’TIBORDA
Tuman markaziy istirohat bog‘ining qurilish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Kulbayev tomonidan tumanning “Ma’rifat” mahallasida qurilayotgan “Bog‘i Eram” istirohat bog‘ining qurilish va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida “Zarbdor tajribasi” asosida tashkil etilishi belgilangan “Istirohat bog‘i” loyihasida olib borilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlarining borishi, belgilangan loyiha asosida obyektlarni barpo etish jarayonlari hamda ishlarning sifatli bajarilishi holati ko‘zdan kechirildi. Ayni paytda istirohat bog‘i hududida aholiga qulay sharoit yaratishga qaratilgan bir qator infratuzilma obyektlarini qurish ishlari davom ettirilmoqda.

🔺Jumladan, bog‘ hududida piyodalar yo‘laklari barpo etilib, tashrif buyuruvchilarning hudud bo‘ylab xavfsiz va erkin harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, hududni ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish maqsadida yashil hududlar tashkil etish ishlariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Bog‘ning yana bir diqqatga sazovor qismi sifatida “Shoirlar alleyasi”ni tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur hudud aholi, ayniqsa, yoshlarning ma’naviy hordiq chiqarishi, adabiyot va san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.

🔺Deputat tomonidan qurilish ishlarining belgilangan loyiha va talablar asosida amalga oshirilishi, foydalanilayotgan qurilish materiallarining sifati, obyektlarning mustahkamligi hamda obodonlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratish zarurligi, piyodalar uchun yo‘laklarni qulay va xavfsiz tashkil etish, yashil hududlarni kengaytirish, daraxt va manzarali o‘simliklarni asrash, hududda sanitariya-tozalikni ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3