Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi raisi L. Behbudova, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 10-Jo‘ysafet saylov okrugidan saylangan deputat S. Qahhorov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov tomonidan Pochchoyi mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🌏Uchrashuvda mahalla aholisi bilan ochiq va samimiy muloqot o‘rnatilib, fuqarolarning kundalik hayotida uchrayotgan muammolar, taklif va tashabbuslari tinglandi. Ayniqsa, hudud infratuzilmasini yaxshilash, obodonlashtirish, ijtimoiy masalalarni hal etish hamda aholini qiynayotgan muammolarga amaliy yechim topish yuzasidan fikr almashildi.
🌏Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar mas’ullar ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, ularning yechimini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar belgilandi. Masalalarni joyida o‘rganish va ijrosini nazoratga olishda deputatlik nazoratining muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi.
🌏Bunday uchrashuvlar xalq bilan davlat hokimiyati vakillari o‘rtasidagi ochiq muloqotni yanada mustahkamlab, aholi murojaatlariga tezkor va manzilli yechim topish imkonini bermoqda.
👉Xalq bilan muloqot — samarali deputatlik faoliyatining muhim mezonidir.