35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati tomonidan navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi

Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati tomonidan navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi

✔️ Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati tomonidan shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari rahbarlari hamda mutaxassislari ishtirokida navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish tashkil etildi.

🇺🇿 Yig‘ilishga viloyat Kengashi kotibiyati mudiri S. Usmonov raislik qildi.

♾ Yig‘ilishda yaqin hududlardagi shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari xodimlari bevosita ishtirok etgan bo‘lsa, ayrim hududlar vakillari Zoom platformasi orqali onlayn tarzda qatnashdilar.

➡️ Muhokamalar davomida mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirish, deputatlar faoliyatini belgilangan tartib va talablar asosida to‘g‘ri tashkil etish, ularning saylovchilar bilan ishlash samaradorligini yanada kuchaytirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

🌀 Shuningdek, Kengashlar huzurida faoliyat yuritayotgan yoshlar guruhlari bilan tizimli ishlash, ularni deputatlik faoliyati va Kengashlar ish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirish, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ekspertlar guruhlari faoliyatini yanada faollashtirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

⁉️ Yig‘ilishda haftalik va kunlik hisobotlarni yuritish sifati, ma’lumotlarning haqqoniyligi va aniqligini ta’minlash, qarorlar loyihalarini amaldagi qonunchilik talablari asosida rasmiylashtirish, hujjatlarda noto‘g‘ri yoki tasdiqlanmagan ma’lumotlarning kiritilishiga yo‘l qo‘ymaslik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📉 Bundan tashqari, shahar va tuman Kengashlari faoliyatining natijadorligini oshirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini yuksaltirish hamda belgilangan topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

⚡️Yig‘ilish yakunida barcha shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlariga faoliyat samaradorligini oshirish, hujjatlar bilan ishlash madaniyatini takomillashtirish hamda deputatlar faoliyatini har tomonlama tashkiliy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 8