35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Yoshlarni kasbga yo‘naltirish — kelajak sari muhim qadam

Yoshlarni kasbga yo‘naltirish — kelajak sari muhim qadam

Bolalarni kasbga yo‘naltirish, ularning qiziqish va qobiliyatlarini aniqlash hamda rivojlantirish maqsadida Qiziltepa tumani 27-maktab maslahatchisi G. Bobojonova hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh. Usmonova ishtirokida o‘quvchi-yoshlar bilan samimiy va mazmunli davra suhbati tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlarga kasb tanlashda o‘z qiziqish va qobiliyatlarini to‘g‘ri baholash, kelajakdagi maqsadlarini aniq belgilash hamda tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha izchil harakat qilish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Shuningdek, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar va deputatdan javoblar oldilar.

Slide 1 of 5