35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslar va nuroniylarga yaratilgan imtiyozlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat va ma’rifat markazining ijodiy xonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat va ma’rifat markazining cholg‘u asboblari holati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat va ma’rifat markazi ansambli faoliyati o‘rganildi
янв.21
📚 Madaniyat va ma’rifat markazi kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ma’rifat mahallasi: aholi farovonligi va ijtimoiy barqarorlik sari
янв.21
Lochin MFYda suv resurslaridan oqilona foydalanish va yashil hududlarning sug‘orilish holati o‘rganildi
янв.21
Lochin MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Guliston dehqon bozorida narx-navolar deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Lochin MFYda obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati G.Absatova joriy yil 30-iyul kuni Sardoba tumanidagi "Yangiqishloq" mahallasida 2-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar to‘g‘risida saylovchilarga axborot berdi.
Axborot davomida Muhtaram Prezidentimizning 2025-yil 6-martdagi Sirdaryo viloyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha PQ-93-sonli qarorlari asosida Sardoba tumaniga kiritilayotgan investitsion loyihalar, qurilish ta’mirlash ishlari haqida ham toʻxtalib oʻtdi. PF-71 Korrupsiyaga qarshi kurashish umummilliy vazifa ekanligi saylovchilarga tushuntirish berdi.
Muloqot davomida mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, aholi murojaatlari bilan tizimli ishlash va mahallalar infratuzilmasini yana-da yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi.
Uchrashuv jarayonida saylovchilar tomonidan mahalla hududidagi ichki yo‘llarni asfaltlashtirish, tabiiy gaz ta’minoti tizimini tartibga solish, shuningdek, avtoturargohlar faoliyatini tizimlashtirish va ularni belgilangan talablar asosida tashkil etish bilan bog‘liq qator masalalar ko‘tarildi.
Fuqarolar mazkur yo‘nalishlarda amalga oshiriladigan ishlar mahalla aholisi uchun qulay va xavfsiz yashash muhitini ta’minlash, transport harakatini tartibga solish hamda kommunal xizmatlar sifatini yana-da yaxshilashga xizmat qilishini ta’kidladilar.
Yig‘ilishda deputatlarning xizmat faoliyatida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan “Deputat yon daftarchasi”ni yuritish tartibiga alohida e’tibor qaratildi.
Murojaatlar yuzasidan deputat tomonidan har bir masala atroflicha o‘rganilishi, ularning yechimi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rilishi hamda ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi bosh mutaxassislari L.Toshquvvatov S.Nomozovlar nazoratiga olinishi qayd etildi.

Slide 1 of 4