35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌿 NAVOIY SHAHRIDA ZAMONAVIY DAM OLISH MASKANI BARPO ETILADI
янв.21
🏫 YANGI QURILAYOTGAN AL-XORAZMIY MAKTABIDA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
ISSIQLIK TA’MINOTI XIZMATLARI BO‘YICHA O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
🚦 Yo‘l harakati xavfsizligi masalasi o‘rganildi
янв.21
“Ishonch” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslar va nuroniylarga yaratilgan imtiyozlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat va ma’rifat markazining ijodiy xonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat va ma’rifat markazining cholg‘u asboblari holati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat va ma’rifat markazi ansambli faoliyati o‘rganildi
янв.21
📚 Madaniyat va ma’rifat markazi kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
#haftalik_ish_reja_ijrosi #KQ_35 #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati #murojaat_daftari 🗣“Saxovat” mahallasida nazorat-tahlil ishlari olib borildi
💬O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, mahalliy Kengash deputatlarining faoliyatini yanada kuchaytirish, hududlarda mavjud muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

💬Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 12-“Saxovat” saylov okrugi deputati X.Jurayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov “Saxovat” mahallasida bo‘lib, hududdagi mavjud holatni joyiga chiqqan holda o‘rgandilar.

💬Mazkur nazorat-tahlil tadbiri mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida tashkil etildi.

🟢O‘rganish davomida mahalla hududidagi ichki yo‘llarning holati, simyog‘ochlar va elektr infratuzilmasining holati, ko‘chalar va hududning umumiy obodonlashtirish holati ko‘zdan kechirildi.

🟢Xususan, Chilonzor, Ixtifor, Fayoztepa hamda Diyor ko‘chalari bo‘ylab o‘rganishlar olib borilib, mavjud muammolar va e’tibor talab qiladigan masalalar joyida tahlil qilindi.

🟢O‘rganish davomida aniqlangan muammolar deputatning murojaat daftariga qayd etildi. Mazkur masalalarni tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish, ularning yechimini ta’minlash hamda ijrosini nazoratga olish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

🫥Bunday nazorat-tahlil tadbirlari hududdagi muammolarni joyida aniqlash, ularni tizimli ravishda qayd etish va fuqarolar manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan amaliy deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Slide 1 of 6