35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌿 NAVOIY SHAHRIDA ZAMONAVIY DAM OLISH MASKANI BARPO ETILADI
янв.21
🏫 YANGI QURILAYOTGAN AL-XORAZMIY MAKTABIDA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
ISSIQLIK TA’MINOTI XIZMATLARI BO‘YICHA O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
🚦 Yo‘l harakati xavfsizligi masalasi o‘rganildi
янв.21
“Ishonch” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslar va nuroniylarga yaratilgan imtiyozlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat va ma’rifat markazining ijodiy xonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat va ma’rifat markazining cholg‘u asboblari holati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat va ma’rifat markazi ansambli faoliyati o‘rganildi
янв.21
📚 Madaniyat va ma’rifat markazi kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

“Yangiqishloq” mahallasidagi 11-sonli umumtaʼlim maktabida Sardoba tumani hokimi deputat Ziyadulla Karimov tomonidan navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolar, taklif va murojaatlar bevosita tinglandi. Xususan, elektr energiyasi, kommunal xizmatlar, infratuzilmani yaxshilash, oqava suv, ijtimoiy yordam hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.
Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilot va idora rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar nazoratga olindi.
Sayyor qabul ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tkazilib, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, ularning dardini eshitish va amaliy yordam ko‘rsatish ustuvor vazifa ekani yana bir bor ta’kidlandi.

Slide 1 of 4