35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Ishonch” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslar va nuroniylarga yaratilgan imtiyozlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat va ma’rifat markazining ijodiy xonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat va ma’rifat markazining cholg‘u asboblari holati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat va ma’rifat markazi ansambli faoliyati o‘rganildi
янв.21
📚 Madaniyat va ma’rifat markazi kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ma’rifat mahallasi: aholi farovonligi va ijtimoiy barqarorlik sari
янв.21
Lochin MFYda suv resurslaridan oqilona foydalanish va yashil hududlarning sug‘orilish holati o‘rganildi
янв.21
Lochin MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Guliston dehqon bozorida narx-navolar deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
Deputatlik nazorati doirasida o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati R.Mamatqulov tomonidan hududdagi 8-son davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida deputatlik nazorati doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish maxsus savolnoma asosida tashkil etilib, unda maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish hamda xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha tashkiliy ishlarning holati, xavfsizlikka oid me'yoriy-huquqiy hujjatlar va ichki tartib-qoidalarning amalda qo‘llanilishi, xodimlarning xavfsizlik texnikasi hamda favqulodda vaziyatlarda harakat qilish bo‘yicha tayyorgarligi, yong‘in xavfsizligi tizimining tashkil etilganligi va ishlash holati, shuningdek evakuatsiya tizimi hamda favqulodda chiqish yo‘llarining holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida aniqlangan holatlar tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi hamda ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.