35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🚦 Yo‘l harakati xavfsizligi masalasi o‘rganildi
янв.21
“Ishonch” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslar va nuroniylarga yaratilgan imtiyozlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat va ma’rifat markazining ijodiy xonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat va ma’rifat markazining cholg‘u asboblari holati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat va ma’rifat markazi ansambli faoliyati o‘rganildi
янв.21
📚 Madaniyat va ma’rifat markazi kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ma’rifat mahallasi: aholi farovonligi va ijtimoiy barqarorlik sari
янв.21
Lochin MFYda suv resurslaridan oqilona foydalanish va yashil hududlarning sug‘orilish holati o‘rganildi
янв.21
Lochin MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
TASHABBUSLI BUDJET LOYIHASI IJROSI DOIRASIDA QURILISH-TA'MIRLASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 2026-yil 2-apreldagi III-19-22-14-204-K/26-son qarori asosida, Chilonzor tumani hokimligi huzuridagi "Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi" mablag‘lari hisobidan 2026-yilning 1-mavsumida g‘olib deb topilgan loyihalarni amalga oshirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Mazkur qarorga muvofiq, Fidokor mahallasi hududida joylashgan Respublika OITSga qarshi kurashish markazi qoshidagi klinika binosida qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

Loyiha doirasida bino pol qismi, shift qismi, ichki devorlar hamda eshik va derazalarini ta'mirlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Ushbu loyiha uchun 1 milliard 500 million so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, qurilish-ta'mirlash ishlari Toshkent shahar hokimligi huzuridagi "Yagona buyurtmachi xizmati" injiniring kompaniyasi tomonidan belgilangan reja asosida bajarilmoqda.

Mazkur ishlar yakuniga yetkazilgach, markazda davolanayotgan bemorlar uchun yanada qulay va zamonaviy sharoitlar yaratilishi hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati yanada oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi qarorlari ijrosi doimiy nazorat ostida.

Slide 1 of 6