35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌿 NAVOIY SHAHRIDA ZAMONAVIY DAM OLISH MASKANI BARPO ETILADI
янв.21
🏫 YANGI QURILAYOTGAN AL-XORAZMIY MAKTABIDA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
ISSIQLIK TA’MINOTI XIZMATLARI BO‘YICHA O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
🚦 Yo‘l harakati xavfsizligi masalasi o‘rganildi
янв.21
“Ishonch” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslar va nuroniylarga yaratilgan imtiyozlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat va ma’rifat markazining ijodiy xonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat va ma’rifat markazining cholg‘u asboblari holati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat va ma’rifat markazi ansambli faoliyati o‘rganildi
янв.21
📚 Madaniyat va ma’rifat markazi kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
Sessiya oldi o'rganishlar

Sharof Rashidov tumani prokuraturasi tomonidan 2026-yilning o‘tgan davri mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosi doirasida mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobot Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan.

Mazkur masalani sessiyaga qadar har tomonlama va chuqur o‘rganish, hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar holatini tahlil qilish hamda mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash maqsadida tuman Kengashi deputatlari tomonidan manzilli o‘rganishlar olib borilmoqda.

Navbatdagi o‘rganishlar Sharof Rashidov tumanining Toqchiliq mahallasida tashkil etilib, unda mahallada jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish, profilaktik tadbirlarning samaradorligi hamda mutasaddi idoralar hamkorligida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqilmoqda.

Slide 1 of 2