35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌿 NAVOIY SHAHRIDA ZAMONAVIY DAM OLISH MASKANI BARPO ETILADI
янв.21
🏫 YANGI QURILAYOTGAN AL-XORAZMIY MAKTABIDA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
ISSIQLIK TA’MINOTI XIZMATLARI BO‘YICHA O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
🚦 Yo‘l harakati xavfsizligi masalasi o‘rganildi
янв.21
“Ishonch” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslar va nuroniylarga yaratilgan imtiyozlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat va ma’rifat markazining ijodiy xonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat va ma’rifat markazining cholg‘u asboblari holati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat va ma’rifat markazi ansambli faoliyati o‘rganildi
янв.21
📚 Madaniyat va ma’rifat markazi kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
19¹-modda. Hokim o‘rinbosari va deputat

 Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 10-"Yangiqurilish" saylov okrugidan saylangan deputat Mustafaqulov Murodilla Bohodirovichtomonidan saylov okrugida Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 5-martdagi VII-16-13-8-108-K/26-son qarori ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati amalga oshirildi. 

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash hamda hududlarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va infratuzilmani
rivojlantirish ishlari holatini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengash kotibiyati mudiri M.Xujanov hamda tuman hokimi o‘rinbosari M.Rasulovlar ishtirokida "Yangiqurilish" mahallasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi. 

Tadbir davomida mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, ichki yo‘llarni asfaltlashtirish, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash hamda hududni yanada obod va zamonaviy qiyofa kasb ettirishga qaratilgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi. 

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish hamda Kengash qarori ijrosini to‘liq ta’minlash yuzasidan mas’ul tashkilotlar rahbarlariga tegishli
tavsiya va topshiriqlar berildi.
 

Mazkur nazorat tadbiri hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarining samaradorligini oshirish, aholi uchun qulay infratuzilmani yaratish hamda Kengash qarorlari ijrosi ustidan ta’sirchan deputatlik nazoratini ta’minlashga xizmat qiladi.  

Slide 1 of 7