35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Ishonch” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslar va nuroniylarga yaratilgan imtiyozlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat va ma’rifat markazining ijodiy xonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat va ma’rifat markazining cholg‘u asboblari holati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat va ma’rifat markazi ansambli faoliyati o‘rganildi
янв.21
📚 Madaniyat va ma’rifat markazi kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ma’rifat mahallasi: aholi farovonligi va ijtimoiy barqarorlik sari
янв.21
Lochin MFYda suv resurslaridan oqilona foydalanish va yashil hududlarning sug‘orilish holati o‘rganildi
янв.21
Lochin MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Guliston dehqon bozorida narx-navolar deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
LOLAZOR KO‘CHASI MUAMMOLARI O‘RGANILDI

 LOLAZOR KO‘CHASI MUAMMOLARI O‘RGANILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati M.Xakimova hamda kotibiyat
bosh mutaxassisi A.Fozilov tomonidan Damariq mahalla fuqarolar yig‘ini Lolazor
ko‘chasida o‘rganish ishlari olib borildi.
 

Bunda deputat Lolazor ko‘chasi oqsoqoli O‘.Yusupov bilan birgalikda hududni
aylandi, aholi bilan suhbatlashib muammolarni o‘rgandi.
 

Ko‘chaboshi tomonidan Lolazor ko‘chasining 300 metr qismiga asfalt
yotqizish zarurligi, shuningdek, tuman gaz bo‘limi tomonidan suyultirilgan gaz
ballonlarining aholiga o‘z vaqtida yetkazib berilmayotgani bildirildi.
 

Mazkur murojaatlar yuzasidan tegishli mas’ullarga deputat tomonidan deputat
so‘rovi chiqarilishi, muammolarni bartaraf etish choralari ko‘rilishi
bildirildi.
 

Aniqlangan barcha masalalar “Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga
qayd etilib, ijrosi nazoratga olindi.
  

Slide 1 of 3