35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari asosida kadastr masalalari bo‘yicha deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Fuqarolarni yashash joyi va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi takomillashtirildi
янв.21
Aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash va oqova suv tizimini yaxshilash masalalari yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Bahor” mahallasining ijtimoiy-iqtisodiy holati o‘rganildi
янв.21
20-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida xavfsizlik holati o‘rganildi
янв.21
20-Gulzor saylov okrugida fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Navoiy viloyati Endokrinologiya markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
2-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
7-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining holati o‘rganildi
янв.21
18-saylov okrugida hududiy o‘rganish ishlari olib borildi
#sessiya

Sessiya ishida Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari, shahar hokimi o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot rahbarlari, siyosiy partiya raislari, shahardagi ommaviy axborot vositalari ishtirok etishdi.

✍️Kun tartibiga 4 ta masala kiritilib ko'rib chiqildi:
Sessiya davomida shahar hayoti va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid quyidagi dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-dekabrdagi 64-sonli topshiriqlar bayoniga asosan korrupsiyaga qarshi kurashish rejasi doirasida amalga oshirilgan ishlarning ijrosi to‘g‘risida.
2. Olmaliq shahrida yoshlar uchun yozgi ta’tilini mazmunli va samarali o‘tkazishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” amaliy tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida.
3. Olmaliq shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan 2025-yil hamda 2026-yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 462-sonli qaroriga asosan Olmaliq shahridagi mahallalar kesimida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini qayta taqsimlash to‘g‘risida.

Kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar deputatlar tomonidan qizg‘in muhokama qilinib, deputatlar tomonidan qaror loyihalariga qo'shimcha takliflar kiritilib shahar rivoji va aholi farovonligiga xizmat qiluvchi tegishli qarorlar bir ovozdan tasdiqlandi.
🌐 Sessiya jarayoni jamoatchilik uchun to‘liq ochiq tarzda, shahar Kengashining rasmiy Facebook sahifasi orqali jonli efirga uzatildi.

Slide 1 of 10