35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-SONLI MAKTABDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
HAYOT MAHALLASIDA TEMIR YO‘L INFRASTRUKTURASI VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
YANGIARIQ MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR UCHUN ZAMONAVIY SPORT MAYDONI YARATILDI
янв.21
BUNYODKOR MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
BUNYODKOR MAHALLASIDA YO‘L TA’MIRI SIFATI NAZORAT QILINDI
янв.21
🏘 BUNYODKOR MAHALLASIDAGI ICHKI KO‘CHALARNI TA’MIRLASH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
31-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDAGI HOLAT O‘RGANILDI
янв.21
BUNYODKOR MAHALLASIDA ICHKI KO‘CHALAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘 HUDUD OBODONCHILIGI VA AHOLI UCHUN QULAY SHAROITLAR E’TIBORDA
“Madaniyat” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyati mudiri D.Sherboyev kunlik ish rejaga muvofiq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Shoymardonov birgalikda Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputati Alimov Farxod saylangan 5-"Paxtaorol" saylov okrugiga qarashli "Madaniyat" mahallasida deputatlik nazorati o‘tkazdi.

O‘rganish davomida "mahalla yettiligi" faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, mahalla raisi, hokim yordamchisi, profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, ijtimoiy xodim hamda soliq inspektorining o‘zaro hamkorligi, aholining muammolarini aniqlash va hal etish, kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash borasidagi faoliyati tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining 24 ta ustuvor yo‘nalishi asosida "mahalla yettiligi" tomonidan belgilangan vazifalar ijrosi, aholi murojaatlari bilan ishlash holati hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Nazorat yakunida aniqlangan kamchiliklar muhokama qilinib, "mahalla yettiligi" a’zolariga o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish, aholi bandligini oshirish, yangi daromad manbalarini yaratish, ehtiyojmand oilalar bilan manzilli ishlash va fuqarolar murojaatlarining o‘z vaqtida hal etilishini ta’minlash yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2