35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌿 NAVOIY SHAHRIDA ZAMONAVIY DAM OLISH MASKANI BARPO ETILADI
янв.21
🏫 YANGI QURILAYOTGAN AL-XORAZMIY MAKTABIDA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
ISSIQLIK TA’MINOTI XIZMATLARI BO‘YICHA O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
🚦 Yo‘l harakati xavfsizligi masalasi o‘rganildi
янв.21
“Ishonch” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslar va nuroniylarga yaratilgan imtiyozlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat va ma’rifat markazining ijodiy xonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat va ma’rifat markazining cholg‘u asboblari holati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat va ma’rifat markazi ansambli faoliyati o‘rganildi
янв.21
📚 Madaniyat va ma’rifat markazi kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
#deputat nazorati

#deputat_nazorati

HUDUDLARDA DEPUTAT NAZORATI: Aholi yashash sharoitlari va BSK faoliyati o'rganilmoqda

Xalq deputatlari shahar Kengashi 6-saylov okrug deputati K.Xakimov, kotibiyat mudiri K.Umarboev, kotibiyati bosh mutaxassisi I.Omonboevlar tomonidan shahardagi Obod turmush nomidagi mahalla fuqarolar yig'inida hudud infratuzilmasi va aholi yashash sharoitlari o'rganildi.

O'rganishlar davomida quyidagi masalalarga alohida e'tibor qaratildi:
🔹Ko'p qavatli uylar va ularning kirish yo'laklaridagi (pod'yezdlar) sanitariya va texnik holat;
🔹Ichki ko'chalar holati hamda hududning obodonlashtirish darajasi;
🔹Hududga xizmat ko'rsatuvchi Boshqaruv servis kompaniyasi (BSK) faoliyatining samaradorligi.

Xususan, "Mustaqilligimizning 35 yilligi" dahasidagi ko'p qavatli uylarning bugungi kundagi holati mahalla raisi va soha mas'ullari ishtirokida batafsil ko'zdan kechirildi.
Natija va nazorat
O'rganishlar jarayonida aniqlangan kamchilik va mavjud muammolar deputatning maxsus muammolarni qayd qilish jurnaliga kiritildi. Ushbu kamchiliklarni o'z vaqtida va sifatli bartaraf etish yuzasidan mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berilib, ijrosi qat'iy deputat nazoratiga olindi.

Ta'kidlash joizki, xalq vakillari tomonidan joylarda olib borilayotgan bu kabi tizimli o'rganishlar va nazorat tadbirlari natijasida ko'plab hududlarda muammolar o'z yechimini topib, xalqimizning yashash sharoitlarini yaxshilash borasida ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda

Slide 1 of 3