35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌿 NAVOIY SHAHRIDA ZAMONAVIY DAM OLISH MASKANI BARPO ETILADI
янв.21
🏫 YANGI QURILAYOTGAN AL-XORAZMIY MAKTABIDA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
ISSIQLIK TA’MINOTI XIZMATLARI BO‘YICHA O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
🚦 Yo‘l harakati xavfsizligi masalasi o‘rganildi
янв.21
“Ishonch” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslar va nuroniylarga yaratilgan imtiyozlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat va ma’rifat markazining ijodiy xonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat va ma’rifat markazining cholg‘u asboblari holati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat va ma’rifat markazi ansambli faoliyati o‘rganildi
янв.21
📚 Madaniyat va ma’rifat markazi kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
Munchoqtepada obodonlashtirish ishlari tanqidiy tahlil qilindi

Tashrif davomida ko‘chalar, ichki yo‘llar, jamoat joylari hamda yashil hududlarning holati ko‘zdan kechirilib, mas’ullarning hisobotlari tinglandi. Mavjud kamchiliklar tanqidiy tahlil qilinib, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, aholi xonadonlarida bo‘lib, obodonlashtirish va ozodalikka rioya etish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Mahalla "yettiligi" faoliyatidagi sustkashlik va mas’uliyatsizlik holatlari keskin tanqid qilinib, hududni namunali mahallaga aylantirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Mahalla aholisi bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda fuqarolar o‘z xonadonlari va ko‘cha oldi hududlarini ozoda saqlash, ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etishga chaqirildi.
Yakunda aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish, obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish hamda mahallaning sanitariya va ekologik holatini yanada yaxshilash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 3