Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida Pastdarg‘om tuman elektr tarmoqlari korxonasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati ko‘rib chiqildi.
⚖️ O‘rganish natijalari, ishchi guruh tomonidan tayyorlangan ma’lumotnoma hamda komissiya a’zolarining fikr-mulohazalari muhokama qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF–71-son Farmoni talablarining korxonada bajarilishi holati yuzasidan doimiy komissiya qarori qabul qilindi.
📝 Qarorda:
* korrupsiyaviy xavf-xatarlarni muntazam baholash tizimini joriy etish;
* manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha monitoringni kuchaytirish;
* xodimlarning huquqiy savodxonligi va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminarlarni muntazam tashkil etish;