35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Ishonch” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslar va nuroniylarga yaratilgan imtiyozlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat va ma’rifat markazining ijodiy xonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat va ma’rifat markazining cholg‘u asboblari holati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat va ma’rifat markazi ansambli faoliyati o‘rganildi
янв.21
📚 Madaniyat va ma’rifat markazi kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ma’rifat mahallasi: aholi farovonligi va ijtimoiy barqarorlik sari
янв.21
Lochin MFYda suv resurslaridan oqilona foydalanish va yashil hududlarning sug‘orilish holati o‘rganildi
янв.21
Lochin MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Guliston dehqon bozorida narx-navolar deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
Kengash va “Madad” NNT hamkorligi fuqarolarning huquqiy himoyasi e’tiborda.

holining huquqiy himoyasi yo‘lida: "Madad" NNT faoliyati va fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar tahlil qilindi

🗣Aholining huquqiy savodxonligini oshirish, ularga sifatli va bepul huquqiy maslahatlar berish orqali ijtimoiy muammolarini hal etish bugungi islohotlarning muhim bo‘g‘inidir.

✔️Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati xodimi hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti (NNT) Angor tumani huquqiy maslahat burosiga tashrif buyurib, muassasaning bugungi kundagi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

✔️Suhbat va tahlil jarayonida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

✔️Bepul huquqiy ko‘mak sifati “Madad” NNT tomonidan shahar aholisiga, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘rsatilayotgan bepul huquqiy maslahat va amaliy yordamlar holati tahlil qilindi

✔️Murojaatlar statistikasi. Fuqarolar ko‘proq qaysi sohalar (uy-joy, oilaviy munosabatlar, mehnat huquqi, ijtimoiy nafaqalar) bo‘yicha murojaat qilayotgani va ularning ijobiy hal etilish ko‘rsatkichlari ko‘rib chiqildi;

✔️Zamonaviy axborot texnologiyalari joriy etilishi Tashkilot tomonidan fuqarolarga onlayn va oflayn tarzda xizmat ko‘rsatish tezkorligi hamda samaradorligi baholandi.

✔️Uchrashuv davomida xalq deputatlari Angor tumani Kengashi va “Madad” NNT o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib olindi. Bu esa mahallalarda o‘tkazilayotgan deputatlik o‘rganishlari davomida yuzaga kelayotgan chalkash huquqiy muammolarni joyida, professional darajada va tezkor hal etish imkonini beradi.

Slide 1 of 4