35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yoshlik” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Investitsiya loyihasining bugungi holati bilan yaqindan tanishildi
янв.21
Belgilangan reja-grafik asosida investitsiya loyihasining amalga oshirilish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Belgilangan reja-grafik asosida investitsiya loyihasi o‘rganildi
янв.21
Hududdagi noturar joy obyektlarining sanitariya holati o‘rganildi
янв.21
13-Umid saylov okrugida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Milliy sertifikatlashtirish — korrupsiyaga qarshi kurash va shaffof boshqaruvning muhim mexanizmi
янв.21
Vatan mahallasida tadbirkorlik faoliyati va hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Vatan mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Vatan mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
#qonunchilikdagi_yangiliklar #162_ta_eng_muhim_qonun #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar

🏛 Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya faoliyatida yer resurslaridan oqilona foydalanish, hududlarni barqaror rivojlantirish, shaharsozlik siyosatini samarali amalga oshirish hamda yer munosabatlarini qonunchilik asosida tartibga solishga qaratilgan qonun hujjatlarini chuqur o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

📝 Yer resurslarini muhofaza qilish, hududlarni kompleks rivojlantirish, geografik obyektlarning nomlanishi va dafn ishlarini tartibga solish fuqarolarning manfaatlarini ta’minlash hamda hududlarni izchil rivojlantirishning muhim huquqiy asoslaridan hisoblanadi.

📁 Yer munosabatlari sohasi bo‘yicha o‘rganilishi lozim bo‘lgan muhim qonunlar:

📝 “O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi”ni tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 598-I-son | Qabul qilingan sana: 30.04.1998

🔺 Mazkur kodeks yerga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solib, yer resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishning huquqiy asoslarini belgilaydi.

📝 “O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksini tasdiqlash haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-676 | Qabul qilingan sana: 22.02.2021

🔺 Ushbu kodeks hududlarni rejalashtirish, qurilish faoliyatini tartibga solish, zamonaviy va xavfsiz shaharsozlik tamoyillarini joriy etish hamda hududlarni barqaror rivojlantirishga xizmat qiladi.

📝 “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 O‘RQ-303 | Qabul qilingan sana: 12.10.2011

🔺 Mazkur qonun geografik obyektlarga nom berish, ularni qayta nomlash va tarixiy hamda milliy qadriyatlarni inobatga olgan holda davlat reyestrini yuritishning huquqiy asoslarini belgilaydi.

📝 “Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 O‘RQ-276 | Qabul qilingan sana: 27.12.2010

🔺 Ushbu qonun dafn etish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish, qabristonlardan foydalanish, ularni saqlash va dafn xizmatlarini qonunchilik asosida tashkil etishga qaratilgan.

💡 Ushbu qonun hujjatlarini puxta o‘rganish mahalliy Kengash deputatlariga yer munosabatlarini samarali tartibga solish, hududlarni kompleks rivojlantirish, shaharsozlik talablariga rioya etilishini ta’minlash hamda yer resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan islohotlarni samarali qo‘llab-quvvatlashda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash
Slide 1 of 1