35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hududdagi noturar joy obyektlarining sanitariya holati o‘rganildi
янв.21
13-Umid saylov okrugida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Milliy sertifikatlashtirish — korrupsiyaga qarshi kurash va shaffof boshqaruvning muhim mexanizmi
янв.21
Vatan mahallasida tadbirkorlik faoliyati va hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Vatan mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Vatan mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasidagi shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi raisi saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
Navbatdagi sayyor qabul uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
Deputat o‘z okrugidagi mahallalarda "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

Mazkur jarayonlarda xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tumani Kengashi deputati  Eshmamat Ergashev o'z saylov okrugidagi "Davlatsoy" mahallasida, kotibiyat bosh mutaxassisi S.Amanov bilan birgalikda hududlarga chiqib, amalga oshirilayotgan ishlarni joyida o‘rgandi.
O‘rganishlar davomida mahallalarning sanitariya holati, ichki ko‘chalar obodonchiligi, yo‘l yoqalari va ariq-zovurlarni tozalash, daraxtlarni oqlash va shakl berish, ko‘kalamzorlashtirish, ichimlik suvi hamda tungi yoritish tizimi, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, ijtimoiy soha obyektlari, qabristonlar va jamoat maskanlarining holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, "Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla" tamoyili asosida olib borilayotgan ishlar, "mahalla yettiligi" faoliyati, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, mahallalarda jamoatchilik faolligini oshirish hamda fuqarolarni obodonlashtirish ishlariga keng jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas'ul tashkilotlar va mutasaddilarga aniq topshiriqlar berilib, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.

Slide 1 of 3