35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Navoiy viloyati Endokrinologiya markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
2-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
7-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining holati o‘rganildi
янв.21
18-saylov okrugida hududiy o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
24-Chinor saylov okrugi “Ishonch” mahallasida 35-sonli qaror ijrosi o‘rganildi
янв.21
Sog‘lom turmush sari muhim qadam: aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
янв.21
Sog‘lom turmush tarzi – salomatlik garovi
янв.21
Deputatlar ishtirokida fuqarolar bandligini ta’minlashga qaratilgan mehnat yarmarkasi tashkil etildi
янв.21
20-Gulzor, 23-Vatan va 24-Chinor saylov okruglari fuqarolari uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi
янв.21
20-Gulzor saylov okrugi deputatlari tashabbusi bilan Kimyogar MFY-1da bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi
Temiryo‘l atrofi hududlaridagi obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

O‘rganish davomida temiryo‘l yoqalari hamda unga tutash hududlarning sanitariya holati, obodonlashtirish ishlari, yashil maydonlarni kengaytirish, daraxt va gul ko‘chatlarini ekish, sug‘orish tizimining holati hamda hududning umumiy qiyofasini yaxshilashga qaratilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, hududlarda tozalikni ta’minlash, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish hamda obodonlashtirish tadbirlarini tizimli davom ettirish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Hududlarning obod va ozoda bo‘lishini ta’minlash, fuqarolar uchun qulay yashash muhitini yaratish hamda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi

Slide 1 of 2