35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🇺🇿🤝🇧🇾 GOMEL VA NAVOIY O‘RTASIDA DEPUTATLIK HAMKORLIGINI RIVOJLANTIRISHGA QADAM
янв.21
“Xonchorbog‘” mahallasida fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
“Xonchorbog‘” mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Xonchorbog‘” mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
3-sonli maktabda boshlang‘ich sinflarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
3-sonli maktabda sanitariya sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi 📚 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida sinfxonalarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
3-sonli maktabda sport zallarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
3-sonli maktabda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
“Ishonch” mahallasida ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
Mahallada ko‘cha boshilar faoliyati o‘rganildi

  Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi deputatlari tomonidan mahallalardagi ko‘cha boshilari faoliyati va aholi bilan ishlash tizimi o‘rganilmoqda. Jarayonda hududlarni obodonlashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish hamda fuqarolar murojaatlarini
qanoatlantirish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.
 

Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi Kotibiyati mas’ul xodimlar Sarvarjon Meliqo‘ziyev va Sohibjon Nabiyev mahalliy kengashga 11-Qumariq saylov okrugidan saylangan deputat Xasanboy Mamadaliyev bilan birga “Qumariq” mahalla fuqarolar yig‘ini mahallalaridagi ko‘cha boshilar faoliyati bo‘yicha o‘rganish olib bordilar. 

O‘rganishlar jarayonida asosiy e‘tibor qaratilgan yo‘nalishlar: ko‘cha boshining “Obod ko‘cha” mezonlarini joriy etishdagi ishtiroki, ko‘cha va xonadonlarda tozalikni ta’minlash, chiqindilarni belgilangan joyga tashlash hamda to‘y-marosimlarni ixcham va isrofgarchiliksiz o‘tkazish, milliy qadriyatlar va urf-odatlarga rioya etilishini targ‘ib qilish kabi masalalarga diqqat-markazida bo‘ldi. 

  🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1