35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🇺🇿🤝🇧🇾 GOMEL VA NAVOIY O‘RTASIDA DEPUTATLIK HAMKORLIGINI RIVOJLANTIRISHGA QADAM
янв.21
“Xonchorbog‘” mahallasida fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
“Xonchorbog‘” mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Xonchorbog‘” mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
3-sonli maktabda boshlang‘ich sinflarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
3-sonli maktabda sanitariya sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi 📚 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida sinfxonalarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
3-sonli maktabda sport zallarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
3-sonli maktabda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
“Ishonch” mahallasida ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
Suzish sporti seksiyasida sanitariya talablari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan Qo‘qon shahar 2-sonli sport maktabida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida sport maktabining suzish sporti seksiyasi, basseyn majmuasi hamda sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Xususan, basseyn suvining sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi, suvni tozalash va zararsizlantirish tizimlarining ishlash holati, suv sifatini muntazam nazorat qilish tartibi hamda sanitariya me’yorlariga rioya etilishi yuzasidan mas’ullar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Shuningdek, sportchilar salomatligini muhofaza qilish, basseyn hududining tozaligi, kiyinish va yuvinish xonalarining holati hamda xavfsizlik talablariga rioya etilishi masalalari ham tahlil qilindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2