35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Navoiy davlat universitetida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
22-Xonchorbog‘ saylov okrugida obodonlashtirish va sanitariya holati o‘rganildi
янв.21
MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI OLDIDAN NAVOIY SHAHRIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Fuqarolar murojaatlari asosida kadastr masalalari bo‘yicha deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash va oqova suv tizimini yaxshilash masalalari yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Fuqarolarni yashash joyi va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi takomillashtirildi
янв.21
“Bahor” mahallasining ijtimoiy-iqtisodiy holati o‘rganildi
янв.21
20-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida xavfsizlik holati o‘rganildi
янв.21
20-Gulzor saylov okrugida fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Navoiy viloyati Endokrinologiya markazi faoliyati o‘rganildi
XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMANI KENGASHI RAISI VA DEPUTATLAR TASHABBUSI BILAN GULISTON MAHALLASIDA YANGI MUHIT YARATILMOQDA

XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMANI KENGASHI RAISI VA DEPUTATLAR TASHABBUSI BILAN GULISTON MAHALLASIDA YANGI MUHIT YARATILMOQDA

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarda yangi muhit yaratish hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini yangicha tashkil etish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi ijrosini ta’minlash maqsadida Uzun tumanida amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Xususan, bugun erta tongdan Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi, tuman hokimi Xabibulla Bozorov boshchiligida tuman Kengashi deputatlari, hokim o‘rinbosarlari, tashkilot va korxona rahbarlari hamda nuroniylar ishtirokida Guliston mahallasida uchrashuv o‘tkazildi.

Yig‘ilishda hududni rivojlantirishda deputatlik nazorati va faolligini oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Kengash raisi va deputatlar tomonidan Guliston mahallasini namunaviy hududga aylantirish, mahalla va xonadonlarni keng ko‘lamda obodonlashtirish, hududning sanitariya holatini yaxshilash, xotin-qizlar va yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar atroflicha muhokama qilindi.

Aholini qiynayotgan muammolarni hal etish va barcha yo‘nalishlarda boshqalarga o‘rnak bo‘ladigan mahalla muhitini shakllantirishda deputatlarning mahalla ahli bilan yaqin hamkorligini yo‘lga qo‘yish belgilab olindi. Muhokama qilingan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.