Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bahor mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘lni kengaytirish masalasi yuzasidan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Bahor mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar parlamenti a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati
янв.21
“Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmuni va ahamiyati
янв.21
Deputat tashabbusi bilan hududda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Deputat so‘rovi asosida muammo bartaraf etildi
янв.21
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Muxiddin Kalonov bitiruvchi talabalar bilan uchrashdi
#so'nggi qo'ng'iroq

Nurafshon shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Yuksak ma’rifatli avlod – Uchinchi Renessans poydevori” shiori ostida o‘tkazilgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo'lib o'tdi.

✅ Tadbirlarda sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari, shuningdek, xalq deputatlari ishtirok etib, o‘quvchi-yoshlarni samimiy tabrikladilar. Ular tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan yo‘llangan tabrik o‘qib eshittirildi. Unda yosh avlodga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ta’lim sohasidagi islohotlar hamda kelajak bunyodkorlari sifatida bitiruvchilarning mas’uliyati alohida ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, tadbirlarda o‘qituvchilarning mashaqqatli mehnati, ota-onalarning farzand tarbiyasidagi o‘rni va bitiruvchilarning erishgan yutuqlari e’tirof etilib, ularga kelgusi hayot yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi. “So‘nggi qo‘ng‘iroq” sadolari esa o‘quvchilar uchun yangi hayot sari ilk mustaqil qadamning ramzi sifatida yangradi

Slide 1 of 3