Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bahor mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘lni kengaytirish masalasi yuzasidan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Bahor mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar parlamenti a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati
янв.21
“Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmuni va ahamiyati
янв.21
Deputat tashabbusi bilan hududda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Deputat so‘rovi asosida muammo bartaraf etildi
янв.21
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Muxiddin Kalonov bitiruvchi talabalar bilan uchrashdi
#boshqaruv_kompaniyalari

🏢 Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati va uylardagi holat deputatlar e’tiborida

Nurafshon shahrida aholiga xizmat ko‘rsatuvchi #boshqaruv_kompaniyalari ishining samaradorligini aniqlash maqsadida navbatdagi nazorat tadbiri o‘tkazildi. O‘rganishda shahar Kengashi kotibiyat mudiri K.Umarboyev hamda deputat A.Tursunbayevlar ishtirok etdi.

Asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:
✅ Ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (podyezdlar) va yerto‘lalarining texnik holati;
✅ Atrof-muhit tozaligi va chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqilishi;
✅ Uylar atrofidagi maydonlarning tungi yoritilishi va obodonlashtirilgani.

O‘rganish davomida boshqaruv kompaniyalari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi. Aholi to‘layotgan majburiy badallar evaziga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati qoniqarli bo‘lishi shartligi yuzasidan mas’ullarga qat’iy topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 3