35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasidagi shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi raisi saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
Navbatdagi sayyor qabul uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NAVOIY VILOYAT VA SHAHAR KENGASHI DEPUTATLARI BILAN AHOLI UCHRASHUVI
янв.21
Kiberxavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Navoiy shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Ichki ko‘chalarning ta’mirlanish holati o‘rganildi
янв.21
Transport to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati
янв.21
“Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova xizmat tashrifi doirasida Sariq-suv mahallasida bo‘lib, mahalla raisi hamda profilaktika inspektorining xizmat faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

 Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova xizmat tashrifi doirasida Sariq-suv mahallasida bo‘lib, mahalla raisi hamda profilaktika inspektorining xizmat faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida mahalla raisi tomonidan hududning ijtimoiy-iqtisodiy holati, aholi murojaatlari bilan ishlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, kam ta’minlangan va
ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, mahallada amalga oshirilayotgan infratuzilmaviy loyihalar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, profilaktika inspektori tomonidan jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini
olish, yoshlar o‘rtasida huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish, oilaviy nizolarning barvaqt oldini olish hamda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan profilaktik chora-tadbirlar haqida axborot taqdim etildi.
Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud muammolar, aholi uchun dolzarb bo‘lgan masalalar va ularning yechimlari muhokama qilinib, davlat organlari hamda mahalla fuqarolar yig‘ini o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi. Viloyat Kengashi deputati mahalla raisi va profilaktika inspektorining aholi manfaatlarini ta’minlash, hududda tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash hamda mahallani kompleks rivojlantirish borasida olib borayotgan ishlarini e’tirof etib, bu yo‘nalishdagi faoliyat
samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalarini bildirdi.
 

Slide 1 of 3