O‘zbekiston yoshlar yetakchilari delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Guanchjou shahrida joylashgan Hengli eksperimental maktabida malaka oshirishdi. Tashrif davomida yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va liderlik qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashildi. Delegatsiya tarkibida Sardoba tumani, "Birlashgan" mahallasi yoshlar yetakchisi deputat Guljahon Suvanqulova faol ishtirok etib qaytishdi.