Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

XALQ DEPUTATLARI NUROBOD TUMANI KENGASHI DEPUTATI TOMONIDAN BOZORLARDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati X.Xazratova tumandagi 1-Nurobod saylov okrugida o‘rganish ishlarini olib bordi.

➡️O‘rganish davomida bozorlarda aholi iste’moli uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, un, non, go‘sht, guruch, o‘simlik yog‘i, sabzavot va boshqa kundalik iste’mol mahsulotlarining narx-navosi hamda ularning yetarli miqdorda mavjudligi o‘rganildi.

➡️Shuningdek, savdo rastalarida mahsulotlar bilan ta’minlanganlik darajasi, narxlarning barqarorligi, aholi uchun zarur mahsulotlarning uzluksiz yetkazib berilishi hamda xaridorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha tahlil qilindi.

➡️O‘rganish jarayonida tadbirkorlar va sotuvchilar bilan muloqot o‘tkazilib, iste’mol bozorida narx-navoning asossiz oshib ketishining oldini olish, mahsulotlar zaxirasini yetarli darajada saqlash hamda aholini sifatli va arzon mahsulotlar bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

➡️Ta’kidlanganidek, iste’mol bozorida narxlar barqarorligini ta’minlash, aholini zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash hamda bozorlardagi vaziyatni doimiy monitoring qilib borish aholi farovonligini ta’minlashning muhim omillaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 4