Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 23-Ko‘liyon saylov okrugidan saylangan deputat U.Ro‘ziyev tomonidan saylovchilar murojaatlarini o‘rganish va ularning muammolarini hal etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
🔹Jumladan, deputatning “Ko‘liyon” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazgan sayyor qabuli davomida mahalla aholisi tomonidan muhim tashabbus ilgari surildi. Saylovchilar Samonchuq hududidan “Ko‘liyon” mahallasiga kiruvchi davlat ahamiyatiga ega avtomobil yo‘li qismida zamonaviy darvoza qurish zarurligini bildirib, ushbu loyihani amalga oshirish uchun Jondor tumani hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 90 million so‘m mablag‘ ajratilishida amaliy yordam ko‘rsatishni so‘rab murojaat qildilar.
🔹Murojaatning mazmuni va ahamiyatini inobatga olgan holda deputat U.Ro‘ziyev tomonidan mazkur masalani qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda tegishli choralar ko‘rish maqsadida Jondor tumani hokimining birinchi o‘rinbosari U.Fayzulloyev nomiga deputat so‘rovi yuborildi.
🔹Deputat so‘rovida “Ko‘liyon” mahallasiga kirish qismida zamonaviy darvoza qurish uchun zarur mablag‘ni “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ajratish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish hamda qabul qilingan qarorlar yuzasidan belgilangan muddatlarda axborot taqdim etish so‘ralgan.
🔹Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi tomonidan saylovchilarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, hududlardagi infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va ularning ijrosini deputatlik nazoratiga olish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3