Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Murojaat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Yangiariq mahalla fuqarolar yig‘ini binosi rekonstruksiya qilinishi o‘rganildi
янв.21
G‘alaba Shoh ko‘chasida keng ko‘lamli ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari yakuniy bosqichda
янв.21
Hududdagi muammo joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Hududdagi muammo joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“Farovon” MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat nazorati natijasida ijobiy masala o‘z yechimini topdi
янв.21
“Janubiy” MFYda “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida yoritish tizimi holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida ochiq kanalizatsiya quduqlari holati o‘rganildi
TUMAN KENGASHI KOTIBIYATI BOSH MUTAXASSISLARI TOMONIDAN KENGASH DEPUTATINING OKRUGIDAGI FAOLIYATI O‘RGANILDI.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari S.Amanov va T.Gulmatovlar Kengash deputati G.Karimovaning saylov okrugiga qarashli “Neftchilar” mahallasida bo‘ldilar.

Deputat G.Karimovaning mahalla bilan yo‘lga qo‘ygan amaliy hamkorlik aloqalari, fuqarolar murojaatlarini hamkorlikda hal etish va hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni bartaraf etish borasida amalga oshirayotgan ishlari samaradorligi ko‘rib chiqildi.

O‘rganish jarayonida  Oliy Majlis Senati tomonidan tasdiqlangan “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” doirasidagi ustuvor masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

 “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” doirasidagi 4-yo‘nalish doirasida Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlari tahlil qilindi.

Mahalla ma’sullariga bilan suhbat davomida aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda mahalladagi ijtimoiy muhitni yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Slide 1 of 4