Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik nazorati: piyodalar yo‘lagidagi kamchiliklar o‘rganildi
янв.21
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BYUDJET KODEKSI (O‘RQ–360)
янв.21
"FUQAROLARNING DAVLAT PENSIYA TA’MINOTI TO‘G‘RISIDA"GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI
янв.21
🌱"O‘SIMLIKLAR KARANTINI TO‘G‘RISIDA"GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI (O‘RQ–484)
янв.21
"O‘RMON TO‘G‘RISIDA"GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI (O‘RQ–475)
янв.21
G‘alaba Shoh ko‘chasida obodonlashtirish ishlari yakuniy bosqichda
янв.21
“Me’mor” mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Me’mor” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallada ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
Oziq-ovqat xavfsizligi – xalq farovonligining muhim kafolati

Oziq-ovqat xavfsizligi – xalq farovonligining muhim kafolati

O‘zbekiston Respublikasining “Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 18-oktabrda qabul qilingan hamda Senat tomonidan 2025-yil 23-yanvarda ma’qullangan.

Mazkur Qonun aholini sifatli, xavfsiz va yetarli miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash hamda ushbu sohada davlat siyosatini samarali amalga oshirishning huquqiy asoslarini belgilaydi.

Qonunda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, tashish va realizatsiya qilish jarayonlarida xavfsizlik talablariga rioya etish, iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish, mahalliy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash hamda favqulodda vaziyatlarda oziq-ovqat ta’minotining uzluksizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan.

Sifatli oziq-ovqat – sog‘lom jamiyat, mustahkam kelajak va xalq farovonligining muhim omilidir.