Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik nazorati: piyodalar yo‘lagidagi kamchiliklar o‘rganildi
янв.21
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BYUDJET KODEKSI (O‘RQ–360)
янв.21
"FUQAROLARNING DAVLAT PENSIYA TA’MINOTI TO‘G‘RISIDA"GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI
янв.21
🌱"O‘SIMLIKLAR KARANTINI TO‘G‘RISIDA"GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI (O‘RQ–484)
янв.21
"O‘RMON TO‘G‘RISIDA"GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI (O‘RQ–475)
янв.21
G‘alaba Shoh ko‘chasida obodonlashtirish ishlari yakuniy bosqichda
янв.21
“Me’mor” mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Me’mor” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallada ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘.Mirzayev o‘zi saylangan hududdagi Guliston mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan hamda bemorligi bor oilalar holidan xabar oldi. Mazkur tashrif davomida deputat xonadon egalari bilan samimiy suhbat qurib, ularning kundalik turmush tarzi, yashash sharoitlari va ularni qiynayotgan muammolarni yaqindan o‘rgandi. Xalq vakili tomonidan mazkur oilalarga kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami topshirildi.

 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘.Mirzayev o‘zi saylangan hududdagi Guliston mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan hamda bemorligi bor oilalar holidan xabar oldi. Mazkur tashrif davomida deputat xonadon egalari bilan samimiy suhbat qurib, ularning kundalik turmush tarzi, yashash sharoitlari va ularni qiynayotgan muammolarni yaqindan o‘rgandi. Xalq vakili tomonidan mazkur oilalarga kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami topshirildi. Suhbat jarayonida fuqarolar tomonidan tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, bandlik hamda moddiy yordam ajratish masalalariga oid bir qator murojaatlar kelib tushdi. Deputat G‘.Mirzayev tomonidan ushbu murojaatlarning aksariyati joyida hal etilgan bo‘lsa, vaqt va qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan masalalar yuzasidan tegishli
davlat tashkilotlari va mutasaddi idoralarga deputatlik so‘rovlari yuboriladigan bo‘ldi va ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
 

Slide 1 of 4