Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
GULISTON MAHALLASIDA YO‘L QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
TARAQQIYOT MAHALLASIDA YETTILIK FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
YO‘LLARNI QAYTA QURISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SOG‘LIKNI SAQLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Amir Temur ko‘chasidagi piyodalar yo‘lagida ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Ko‘p qavatli uydagi lift tizimi holati yuzasidan fuqarolar murojaati o‘rganildi
янв.21
Murojaat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Yangiariq mahalla fuqarolar yig‘ini binosi rekonstruksiya qilinishi o‘rganildi
янв.21
G‘alaba Shoh ko‘chasida keng ko‘lamli ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari yakuniy bosqichda
янв.21
Hududdagi muammo joyiga chiqib o‘rganildi
Ipoteka va subsidiya masalalari — “Xalqparvar” komissiyasi diqqat markazida

Yig‘ilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021 yil 15 martdagi KQ–203-IV-son qarori, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2021-yil 29-martdagi 168/VI-28-son qarori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” 2019-yil 5-noyabrdagi O‘RQ–580-sonli Qonun talablari doirasida tashkil etildi.

Muhokamalar davomida fuqarolar tomonidan ipoteka krediti va subsidiya asosida xarid qilingan uy-joylar bo‘yicha to‘lovlar jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar atroflicha ko‘rib chiqildi. Ayrim murojaatlarda to‘lovlarni amalga oshirish, kredit shartlarining ijrosi hamda mas’ul tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarga oid masalalar yuzasidan bildirilgan taklif va mulohazalar tahlil qilindi.

Yig‘ilishda mazkur murojaatlarni har tomonlama o‘rganish, muammolarning haqiqiy holatini aniqlash hamda ularga qonuniy yechim topish maqsadida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda joylarga chiqqan holda nazorat-tahlil tadbirlarini o‘tkazish belgilandi.

Shuningdek, komissiya tomonidan ipoteka kreditlari va subsidiyalar ajratilishi jarayonining ochiqligi, shaffofligi va adolatliligini ta’minlash, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda bu boradagi deputatlik va jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

“Xalqparvar” komissiyasi tomonidan fuqarolarning uy-joy bilan ta’minlanishi, ipoteka va subsidiya dasturlari ijrosi yuzasidan parlament hamda jamoatchilik nazorati davom ettiriladi.

Slide 1 of 6